Ushbu hujjat «Restoria» ustaxonasining (keyingi oʻrinlarda — «Ijrochi») poyabzal, sumka va charm buyumlarni taʼmirlash hamda restavratsiya qilish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ommaviy ofertasi hisoblanadi. Buyumni topshirish va kvitansiyani olish ushbu shartnoma shartlarini qabul qilish (aksept) hisoblanadi.
Ishlar roʻyxati, narxi va muddati buyum koʻrikdan oʻtkazilgach kelishiladi va kvitansiyada koʻrsatiladi. Kelishilgan narx ish jarayonida oshirilmaydi. Yashirin nuqsonlar aniqlansa, Ijrochi Buyurtmachi bilan qoʻshimcha kelishuvsiz ishni davom ettirmaydi.
Bajarilgan ishlarga buyum topshirilgan kundan boshlab 30 kun kafolat beriladi. Kafolat davrida aniqlangan kamchiliklar bepul bartaraf etiladi. Kafolat buyumdan notoʻgʻri foydalanish natijasida yuzaga kelgan nuqsonlarga taalluqli emas.
Tayyor buyum 60 kun davomida bepul saqlanadi. Buyurtmachi bilan bogʻlanib boʻlmasa va buyum 6 oy davomida olib ketilmasa, Ijrochi qonunchilikka muvofiq buyumni realizatsiya qilish huquqiga ega.
Toʻlov naqd, bank kartasi yoki bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi. Yirik buyurtmalarda 50% gacha oldindan toʻlov soʻralishi mumkin.